Welcome to Темирйўлчилар ва транспорт қурувчилари касаба уюшмаси Республика кенгаши   Click to listen highlighted text! Welcome to Темирйўлчилар ва транспорт қурувчилари касаба уюшмаси Республика кенгаши

Yagona portal orqali normativ-huquqiy hujjatlarni baholash mumkin bo‘ldi

Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: betterinbulk.net

Mazkur tizim aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlikka tegishli ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari va qabul qilingan hujjatlarni muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Yagona portalda foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan izoh va takliflar tegishli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va takliflarni inobatga olish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar amaldagi normativ hujjatlarning tadbikorlik faoliyatiga ta’sir etishini Yagona portalda joylashtirilgan maxsus so‘rovnomani to‘ldirish orqali baholashda ham ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi“O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-son farmoniga asosan joriy etildi.

Print Friendly, PDF & Email

Arxivlar

Noyabr 2024
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930  

Хатолик топдингизми?

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини босинг.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!