Welcome to Темирйўлчилар ва транспорт қурувчилари касаба уюшмаси Республика кенгаши   Click to listen highlighted text! Welcome to Темирйўлчилар ва транспорт қурувчилари касаба уюшмаси Республика кенгаши

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Koreyaga yo‘l” o‘qish zali ochildi

2014-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 4-qavatida “Koreyaga yo‘l” ixtisoslashgan o‘qish zalining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy kutubxona saytidama’lum qilingan.“O‘qish zali Koreya Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik doirasidagi loyiha asosida tashkil etilgan bo‘lib, u sheriklarimiz va O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi Elchixonasi tomonidan taqdim etilgan axborot resurslari bilan jihozlangan”, − deyiladi xabarda.

Ochilish marosimida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. Xodjayev, Koreya Milliy kutubxonasi direktori – Ryu Jung Yung va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi -Li Uk Xyong so‘zga chiqdilar. Shuningdek tadbirda “Maragi” koreys so‘zlashuv klubi a’zolari she’r va qo‘shiqlar bilan ishtirok etdilar.

Koreya Milliy kutubxonasi direktori Ryu Jung Yung “Maragi” koreys so‘zlashuv klubi a’zolarining konsert chiqishi yuzasidan tahsin izhor etdi va o‘z nutqida o‘zbekistonlik kitobxonlarga Koreya tarixi, madaniyati va koreys tiliga bo‘lgan qiziqishi uchun minnatdorlik bildirdi.

“O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 1992-yildan buyon barcha jabhalarda ko‘plab loyihalar amalga oshirilgan. Mazkur koreys o‘qish zalining ochilishi ham ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishida bir qadam bo‘ldi. Biz bundan buyon ham Koreya adabiyoti, san’ati, madaniyati va tarixi bilan qiziquvchilar bu yerda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishiga harakat qilamiz”, − dedi mehmon.
Foto: natlib.uz

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Li Uk Xyong esa o‘z nutqida tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganligiga urg‘u berib O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga o‘z minnatnatdorchiligini bildirdi.

“Men O‘zbekiston Milliy kutubxonasida koreys o‘qish zalining ochilishi munosabati bilan uchrashib turganimizdan xursandman”, − dedi janob elchi. Shuningdek, Koreya Milliy kutubxonasiga dunyodagi ko‘plab kutubxonalar orasida aynan shu yerni tanlagani uchun ham o‘z minnatdorchiligini bildirdi. “15 ming koreys tilini o‘rganuvchilar kutubxonaga ma’lumot izlab kelishlarini inobatga olib biz ularning kutubxonaga muntazam kelib turishlarini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shamiz”, − deya o‘z so‘zini muxtasar qildi mehmon.
Foto: natlib.uz

Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonni katta masofa ajratib tursa-da, xalqlarimizni qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. El-yurtga sadoqat, ajdodlar merosi va qadriyatlarini qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xosdir.

Milliy kutubxona foydalanuvchilari orasida koreys tili va madaniyatini o‘rganishga qiziquvchilar ko‘pligi va koreys tilidagi adabiyotlarga bo‘lgan talabning kundan-kunga ortib borayotgani alohida ahamiyatga ega. Foydalanuvchilar istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Koreyaga yo‘l” Xalqaro loyihasida qatnashmoqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – kitobxonlarni Janubiy Koreya tarixi, urf-odatlari, mamlakatning siyosiy islohotlari va yangi yutuqlari bilan tanishtirishdir.

Milliy kutubxona “Koreyaga yo‘l” loyihasi doirasida 3051 nusxadan ortiq Janubiy Koreya mualliflarining tilshunoslik, adabiyot, turizm, madaniyat, tarix sohalariga oid koreys va ingliz tillaridagi kitoblari va CD disklarini qabul qilib oldi.

Tantanali ochilish marosimidan avval O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi mutaxassislari tomonidan Koreya suvenirlarini yasash bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda 50-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘z qo‘llari bilan sovg‘alar yasash, ularga bezak berish va yaqinlariga taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

Print Friendly, PDF & Email

Arxivlar

Dekabr 2024
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  

Хатолик топдингизми?

Диққат! Агар сиз сайтда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини босинг.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!