«Xo’jakent» dam olish maskani
Toshkent viloyatining Bo’stonlik, tumanidagi xushmanzara tog’li Ugom-Chotqol milliy qo’riqxonasi va Xo’jakent o’rmon xo’jaligi xududida joylashgan «Xo’jakent» dam olish maskani 240 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, unda lyuks, oddiy bir va ikki kishilik xonalar bor. Maskanning ko’rkam imorati orombaxsh va bahavo sahnalarini, qulay shart-sharoitlari va go’zal manzarasini ko’rib xayratlanasan kishi. Bugungi kunda bu erda nafaqat temiryo’lchilar balki O’zbekistonning turli chekkalarida ham yaxshi bilishadi. Jahon talablari darajasida qurilgan bu maskan o’tgan yillar mobaynida o’z mijozlariga ega bo’lib bormoqda. Ta’kidlash o’rinliki, bu erda nafaqat yoz oylarida balki yil davomida dam oluvchilar arimaydi. Yotoqxonalarda isitish va sovitish moslamalari o’rnatilgan. Sport kompleksida ochiq va yopik, cho’milish havzasi bo’lib, undan ikkitasi bolalar uchun va bittasi kattalar uchun mo’ljallangan. Shuningdek, sport zalida mini futbol, voleybol, futbol va katta tennis o’ynash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Trenajyor zalida esa eng zamonaviy sport jihozlari o’rnatilgan. Bu erga kelgan dam oluvchilar nafaqat TOF havosidan balki sport bilan shug’ullanib hordik, chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, dam oluvchilar madaniy hordiq chiqarishlari uchun xar kuni kino, konsert va diskotekalar uyushtirib borilmoqda. Maskan xududida Wi-Fi zona o’rnatilgan bo’lib, dam oluvchilar bemalol internetdan foydalanishmoqda.
Tel: (93) 518 01 20
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: